Kunlik qo'ng'iroqlar
So'nggi qo'ng'iroqlar
๐ Ilovani o'rnatish qo'llanmasi
Xodim telefoniga ยซYozib olamanยป ilovasini o'rnatish va qo'ng'iroqlar shu kabinetga tusha boshlashi uchun qadamlar.
Xodim telefon kamerasini QR kodga tutadi โ yuklab olish sahifasi ochiladi.
Yoki havolani yuboring:
yozibol.complexgroup.uz/download.html
Yuklangan faylni oching โ ยซNoma'lum manbaga ruxsatยป bering โ O'rnatish.
Android 13/14 da ยซilova xavfli bo'lishi mumkinยป degan ogohlantirish chiqsa โ bu normal. Batafsil (ะะพะดัะพะฑะฝะตะต) ni bosing, so'ng pastdagi ยซBaribir o'rnatishยป yozuviga bosing.
Sozlamalar โ Xodimlar bo'limida har bir xodim uchun login va parol siz belgilaysiz. O'sha login/parolni xodimga ayting โ ilovaga shu bilan kiradi. Boshqa hech qanday kalit kerak emas.
Ilova so'ragan ruxsatlarning barchasiga Ruxsat berish deng:
- Qo'ng'iroqlar jurnali โ qaysi qo'ng'iroq bo'lganini bilish uchun
- Telefon holati โ SIM kartani aniqlash uchun
- Kontaktlar โ mijoz ismini ko'rsatish uchun
- Bildirishnomalar โ ilova fonda ishlab turgani ko'rinishi uchun
- Barcha fayllarga kirish โ audio yozuvni topish uchun (ilovadagi alohida tugma)
Ilova ovozni o'zi yozmaydi (Google buni taqiqlagan) โ u telefonning ichki yozuvchisi yaratgan fayllarni oladi. Shuning uchun telefonda avtomatik yozuvni yoqish shart, aks holda faqat qo'ng'iroq ma'lumoti tushadi, audio tushmaydi.
| Samsung | Telefon โ โฎ โ Sozlamalar โ Qo'ng'iroqlarni yozib olish โ Avtomatik |
| Xiaomi / Redmi | Telefon โ โฎ โ Sozlamalar โ Qo'ng'iroqlarni yozish โ Avtomatik |
| Huawei / Honor | Telefon โ โฎ โ Sozlamalar โ Qo'ng'iroqlarni yozib olish โ Avtomatik |
| Realme / Oppo | Telefon โ Sozlamalar โ Call recording โ Auto record all |
| Vivo | Telefon โ Sozlamalar โ Call recording โ Auto-record all |
| Tecno / Infinix | Telefon โ Sozlamalar โ Call recording โ Auto |
Boshqa qo'ng'iroq yozuvchi ilovalar bo'lsa โ o'chiring, ikkitasi bir vaqtda yoza olmaydi.
Bularsiz ilova bir necha soatdan keyin telefon tomonidan ยซo'ldiriladiยป va qo'ng'iroqlar faqat ilova ochilganda sinxronlanadi:
| Hamma modellar | Sozlamalar โ Batareya โ Yozib olaman โ Cheklanmagan |
| Xiaomi | Ilovalar โ Yozib olaman โ Autostart ni yoqing |
| Huawei / Honor | Batareya โ Qo'lda boshqarish โ avtostart, fon, uyg'onish โ yoqing |
| Oppo / Realme / Vivo | Batareya โ Fon ishi โ ruxsat; Autostart menejeri โ yoqing |
| Samsung | Batareya โ Fon ishlatishni cheklash ro'yxatidan chiqaring |
Xodim telefonidan bitta sinov qo'ng'irog'i qiling. Bir necha daqiqadan so'ng Qo'ng'iroqlar bo'limida u paydo bo'lishi kerak, audio esa biroz kechroq (yozuv fayli tayyor bo'lgach).
Ilova ulanganini Sozlamalar โ Qurilmalar bo'limidan ko'rasiz โ u yerda xodim telefoni va oxirgi faollik vaqti ko'rinadi.
Qo'ng'iroq ma'lumoti (kim, kimga, qachon, qancha davom etgani) โ hamma telefonda 100% ishlaydi. Audio yozuv esa telefon modeliga bog'liq: Samsung, Xiaomi, Huawei, Realme'da odatda ishlaydi; sof Android'li telefonlarda (Google Pixel) ko'pincha faqat ma'lumot tushadi.